Loyiha haqida

«Fledu Webinar» loyihasi «O’zbekistonda xorijiy tillar» elektron jurnal va internet portali huzurida tashkil etilgan bo’lib, barcha turdagi online mashg’ulotlar o’tkazish uchun zamonaviy, qulay va arzon virtual muhitni yaratish maqsadida tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda loyiha platformasi beta (sinov) talqinida ish olib bormoqda. Biz platformamizni har tomonlama mukammallashtirish, foydalanuvchilar uchun yengil va qulay ishlashini ta’minlash yuzasida tinimsiz izlanishlar olib boramiz.

Platformada ko’p turdagi online uchrashuvlar, yig’ilishlar, treninglar va boshqa tadbirlarni o’tkazish imkoniyati yaratilmoqda. Ammo hozircha bizda faqat online darslar o’tkazish imkoniyati to’liq ishga tushirilgan. Kelajakda tizimni takomillashtirib boramiz va darslardan boshqa mashg’ulotlar o’tkazish xizmatlarini ham taqdim etamiz.

Platformadan foydalanish yuzasidan duch kelishingiz mumkin bo’lgan savollar va muammolar yuzasidan quyidagi vositalar orqali bog’lanishingiz mumkin:

Email: info@fledu.uz

Telefon: +998 93 798 22 00

Telegram: @getOver